Kuperning Osiyo kubogi bo‘yicha xulosalari va keyingi raqib Urugvay haqida
Sport
−
14 mart 2019
4602O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida, murabbiy BAAda o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqalari bo‘yicha xulosalarini aytib o‘tdi.
“Mening nazarimda, jamoam Osiyo kubogida yaxshi o‘yin namoyish etdi. Men ko‘rgan va o‘zim tuzgan terma jamoa o‘rtasida farqni sezdim. Natija borasida hech narsa qila olmagandirmiz, ammo o‘yinimizni kuchaytira oldik. Yaponiya va Avstraliya bilan o‘yinlarga keladigan bo‘lsak, ular bizdan yaqqol ustun emas edi. To‘g‘ri biz ularga mag‘lubiyatga uchradik, lekin terma jamoaning darajasi ularnikidan past demagan bo‘lardim. Men jamoaning o‘yinidan qoniqayapman va ertangi yig‘inda ham xuddi shunday ruhda harakatlanishini istayman. Menda har bir o‘yinni yutish xohishi kuchli. U xoh o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsin, xoh rasmiy. Shu boisdan, Xitoydagi yig‘inlarda ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz”, deydi Ektor Kuper matbuot anjumanida.
Shuningdek argentinalik mutaxassis Urugvayga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin haqida gapirar ekan, raqibdan aslo qo‘rqmaslik kerakligini aytdi: “Ularning tarkibida Kavani, Suares, Godin kabi yulduzlar bor, lekin ularni yutish uchun avvalo insonning o‘zida ishonch yuqori bo‘lishi kerak. Natijaga erishishni xohlayapmizmi, unda har qanday raqibni yutishimiz kerak”, deydi Kuper.
LiveBarchasi