Kuper O‘zbekiston MTJga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Sport

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 may - 12 iyun kunlari navbatdagi yig‘inini o‘tkazadi. 

Mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz a’zolari uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. 2 iyun kuni safarda Туркия билан, 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya билан kuch sinashamiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan. E’tiborlisi, tarkibda yangi nomlarni ham учратиш mumkin.

Darvozabonlar:

Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”)
Ilyosov Javohir (“Lokomotiv”)
Suyunov Eldor (“Paxtakor”)
Ergashev Ботирали (“Dinamo”)

Himoyachilar:

Krimets Yegor (“Paxtakor”)
Ismoilov Anzur (“Lokomotiv”)
Tursunov Dostonbek (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)
To‘xtaxo‘jayev Islom (“Lokomotiv”)
Zoteyev Oleg (“Lokomotiv”)
Sayfiyev Farrux (“Paxtakor”)
Komilov Akromjon (“Paxtakor”)
Hoshimov Davron (“Lokomotiv”)
Alijonov Hojiakbar (“Paxtakor”)

Ярим himoyachilar:

Hamrobekov Odiljon (“Paxtakor”)
Ahmedov Odil (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Musayev Fozil (“Jubilo Ivata” Yaponiya)
Алибоев Ikrom (“Seul”, Janubiy Koreya)
O‘runov Oston (“Navbahor”)
Masharipov Jaloliddin (“Paxtakor”)
Ibragimov Doston (“Buxoro”)
Ro‘ziyev Quvondiq (“Qo‘qon-1912”)
Mirzayev Sardor (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:

Shomurodov Eldor (“Rostov”, Rossiya)
Sergeyev Igor (“Paxtakor”)
Abduxoliqov Temurxo‘ja (“Lokomotiv”)

Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Алибоев Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3 iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelishadi. Keyin terma jamoa билан birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlikni davom ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ektor Kuper O'zbekiston MTJ

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing