Kuper: Ahmedov almashtirib bo‘lmas o‘yinchi emas

Sport

image

Oldinroq O‘zbekiston milliy terma jamosi Toshkentda Suriya terma jamoasini 2:0 hisobida taslim etgani borasida xabar bergan edik.

O‘yindan so‘ng tashkil etilgan Matbuot anjumanida ishtirok etgan mezbonlar bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘z fikrlarini bildirar ekan. Tashkil etilgan o‘quv-yig‘inlaridan ko‘ngli to‘lganini ma’lum qildi.

Jurnalistlar tomonidan terma jamoa sardori Odil Ahmedov haqida berilgan savolga argentinalik mutaxassis shunday javob berdi.

"O‘zbekiston terma jamoasida almashtirib bo‘lmas o‘yinchi yo‘q. Men xohlagan paytim har qanday futbolchi uchun zahira variantini ko‘rib chiqaman. Ammo ushbu yig‘inda Odiljon Ahmedov o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Mening fikrimcha, u hali terma jamoa uchun kerak", deya fikr bildirdi Ektor Kuper.


Maqola muallifi

Teglar

Ektor Kuper Odil Ahmedov

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing