Ko‘p o‘qituvchilar uzatgan oyog‘ini yig‘madi – Toshqulov (video)

Intervyu

image

O‘qituvchilar o‘qimasa, ishdan ketadi. Agar chet tilida dars o‘ta oladigan o‘qituvchi bo‘lsa, hozir oyligiga 100 foiz qo‘shib beriladi. Bu haqda kecha, 16 iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov QALAMPIR.UZʼ ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziridan “Bakalavr bitiruvchisi tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida magistraturaga qabul qilinsa, bu Oliy ta’limda dars berayotgan o‘qituvchilar bilan tabaqalanishga olib kelmaydimi? O‘qituvchilar ham o‘qitiladimi?”, deya so‘radi.

“Albatta, biz ularga ham talabni ko‘paytiryapmiz. O‘zi o‘qiydi, nimaga o‘qitiladi? O‘qimasa ishdan ketadi. Bu – raqobat. IELTS bilan magistraturaga kirib, kelajakda o‘qituvchi bo‘lgani bilan u ertaga raqobat qila oladimi? Shuning uchun ham majbur bo‘lyapti. Majburlikdan boshqa imkoniyat ham yaratilgan. Agar chet tilida dars o‘ta oladigan o‘qituvchi bo‘lsa, hozir oyligiga 100 foiz [ustama] qo‘shib beriladi. Bu imkoniyat ham bor”, deydi Toshqulov.

Qolaversa, vazir ko‘plab o‘qituvchilar berilgan imkoniyatlardan foydalanmaganini tanqid qilib, ota-onalar o‘z farzandini o‘qituvchilarga ishonib topshirishini, shu sababdan ham o‘qituvchilarga majburiylik qo‘llanishini urg‘uladi.

“Juda ko‘p imkoniyatlar yaratildi. Ko‘p o‘qituvchilar uzatgan oyog‘ini yig‘madi. Bu imkoniyatdan foydalanmadi. Endi majburiylik qo‘llaniladi. Bu – ilm. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalq farzandini, o‘zining eng noyob, eng nodir boyligini bizga ishonib, nafaqat bilimi yurish-turishi, odob-axloqida, nafasida o‘zgarish bo‘lsin, jamiyatda o‘rnini topsin, deb beryapti”, deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, 2022-2023 yilda magistratura bosqichiga hujjat topshirish uchun chet tilini bilish bo‘yicha sertifikat talab qilinadi. Mutaxassislik fanidan imtihon bo‘lmaydi, faqat diplomning o‘rtacha bali hisobga olinadi. Kvota to‘lmasa, qishda yana bir marta qabul bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

magistratura O'qituvchilar

Baholaganlar

738

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing