O‘qituvchilarga 1 oktyabr munosabati bilan qancha mukofot puli berilishi aytildi
Jamiyat
−
12:14 4854 1 daqiqa
Pedagog xodimlarga 1 oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarorida belgilangan.
Mazkur tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda o‘qituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming so‘m etib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 51-sonli farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi.
Shunga ko‘ra, endilikda pedagog va rahbar xodimlarga “1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha miqdorida mukofot puli berilishi kutilmoqda.
Live
Barchasi