Ko‘p qirrali sabzavot — sabzining foyda va zararlari haqida bilasizmi? 

Foydali

image
Issiq havoda salqin ichimlik ichish qanchalik zararli? north_east

Issiq havoda salqin ichimlik ichish qanchalik zararli?

Sabzi juda ko‘p foydali moddalarni o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali sabzavot hisoblanadi. Sabzining vatani Afg‘oniston  hisoblanib, sabzavotni bu zaminda yetishtirish to‘rt ming yil oldin boshlangan. 

Sabzi tarkibida A, B3, B4, B5, B9, C, E vitaminlari, shuningdek, kaliy, natriy, fosfor, kalsiy, magniy, temir minerallari mavjud. 

Sabzining foydali xususiyatlari 

Sabzavot tarkibida organizmdagi moddalar almashinuvi, insonning tashqi ko‘rinishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi A vitamini va beta-karotin mavjud. Masalan, insonda A vitamini yetishmovchiligi bo‘lsa, teri quriydi va sochda qazg‘oq paydo bo‘ladi. A vitamini ko‘z mushaklariga va to‘r pardasiga ta’sir qiladi. Agar insonda ko‘z salomatligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshlasa, u holda ratsionga sabzi, sabzi murabbosi, sabzili salatlar, shirinliklar qo‘shish kerak.

Shuningdek, sabzi qon aylanishini yaxshilaydi, anemiyada yordam beradi va xolesterin miqdorini pasaytiradi. Bundan tashqari, shifokorlar ko‘pincha vitamin yetishmasligi, shamollash va virusli infeksiyalarning oldini olish uchun sabzi sharbati iste’mol qilishni maslahat beradi. 

Kimlarga sabzi iste’mol qilish mumkin emas? 

Jigar kasalliklarida sabzi yeyish maslahat berilmaydi, agar ushbu organ nosog‘lom bo‘lsa, u karotinni o‘zlashtira olmaydi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar orasida oshqozon yoki ichak yarasi va enterit (ingichka ichak devorlarining yallig‘lanishi) ham bor. Bundan tashqari, sabzi allergik reaksiya shaklida zararli bo‘lishi mumkin. Farzandlarini ona suti bilan parvarishlovchi onalar bolada allergiya bor-yo‘qligini kuzatishi shart.


Maqola muallifi

Teglar

sabzi

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing