Vazirlik sabzi narxini barqarorlashtirish rejasini ochiqladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, O‘zbekiston sabzi narxining oshib ketgani, poytaxt bozorlarida ushbu mahsulot 9-11 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabar bergan edik. Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakat bo‘ylab sabzi narxi oshib ketganiga munosabat bildirdi.

Vazirlik sabzi narxining ko‘tarilishini havoning sovib ketishi bilan bog‘lagan. Ya’ni, ob-havo ushbu mahsulotning pishishiga ta’sir qilgan.

“Joriy yil fevral va aprel oylarida havoning keskin sovib ketishi kuzatildi. Aynan shu sababli ertaki muddatda ekilgan sabzining pishishi 20-25 kunga uzayishi qayd etildi. Shu bois sabzining mavsumiy to‘liq yetilish va yig‘ishtirib olish muddati iyun oyining oxiriga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayni paytda vazirlik tegishli mutasaddilar bilan birgalikda mahsulotni qisqa muddatda daladan yig‘ishtirib olish hamda Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy dehqon bozorlariga o‘z vaqtida yetkazib berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqdi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda g‘alladan bo‘shagan 4,5 ming gektar yer maydonida sabzi ekish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, EastFruit mutaxassislari O‘zbekistonda sabzi narxining oshib ketishini mamlakatda yangi sabzidan ko‘ra "eski sabzi"ga talab yuqoriligi izohlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

sabzi

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing