O‘zbekistonda sabzi narxi “osmonga chiqdi”. Mutaxassislar buning sababini aytdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Oxirgi paytlarda O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida sabzi narxi keskin ko‘tarilib ketdi. Xususan, poytaxt Toshkentdagi do‘kon va savdo rastalarida sabzining bir kilogrammi 9 ming so‘mdan (0,85 AQSH dollari) 11 ming so‘mgacha (1,04 dollar) sotilmoqda. Taxminan ikki oy oldin ushbu mahsulotning chakana narxi hozirgidan 2-3 baravar past edi.

EastFruit mutaxassislari O‘zbekistonda sabzi, shu bilan birga lavlagi narxlarining ko‘tarilayotganiga izoh berdi. Ular bu holatni Rossiya bozorida ushbu mahsulot narxining ko‘tarilayotgani bilan bog‘lagan.  

Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonda jon boshiga sabzi iste’mol qilish Sharqiy Yevropaga qaraganda yuqori. Sabzi ko‘p iste’mol qilinishining asosiy sababi shundaki, u mashhur o‘zbek palovining ajralmas qismi hisoblanadi. Ommabop retseptga ko‘ra, ushbu taomni tayyorlashda bir kg guruch uchun kamida bir kg sabzi ishlatiladi. 

Yaqin-yaqingacha palovning asosiy narxi go‘sht, guruch va o‘simlik yog‘i narxlari bilan belgilangan bo‘lsa-da, sabzining hozirgi narxida uning palov tayyorlashning asosiy narxidagi ulushi tobora sezilarli bo‘lib bormoqda. O‘zbekistonda so‘nggi bir necha yil ichida go‘sht va guruch narxi ham ancha qimmatlashdi. Shuning uchun, ko‘pchilik narxni pasaytirish maqsadida “kafe” yoki ko‘chada tayyorlanadigan palovlarga ko‘plab sabzi qo‘shila boshlaganini payqadi. Chunki, sabzi nisbatan arzon edi. Biroq, endi vaziyat keskin o‘zgarishni boshladi, chunki sabzi narxi tom ma’noda rekordlarni yangilamoqda. 

Shuni ham ta’kidlash kerakki, “yosh sabzi” palov uchun ishlatilmaydi — ular yig‘ib olingandan keyin kamida ikki oy o‘tishi kerak. O‘zbek palovini tayyorlash uchun “eski sabzi” afzal bo‘lganligi sababli bozorda unga yangi ekin mahsulotlari paydo bo‘lganda ham talab katta. 

Sabzi narxining anomaliyalari — narxlar o‘tgan yilga nisbatan besh baravar yuqori! 

Joriy yilning aprel oyida o‘tgan yilgi hosildan olingan sabzi narxi keskin ko‘tarildi. May oyining boshlarida ham o‘tgan yilgi sabzi narxi pasaymadi, aksincha, sekinroq bo‘lsa ham o‘sishda davom etdi. 

Bu yilgi hosilning bozorda paydo bo‘lishi va uning hajmining asta-sekin o‘sishi esa hech bo‘lmaganda o‘tgan yilgi sabzi narxlarining o‘sishiga to‘sqinlik qilmoqda. Quyidagi grafikda o‘tgan yilgi hosildan olingan sabzining 2020 va 2021 yillardagi ulgurji narxlari dinamikasi ko‘rsatilgan. 
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, joriy yilning 11 iyun holatiga ko‘ra, o‘tgan yilgi hosildan olingan sabzining ulgurji narxlari o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 5 baravar yuqori. Ushbu noodatiy holat bu yilgi hosilning narxlarida ham kuzatilmoqda. Ushbu mahsulot narxi aprel oyi oxirida tushishni to‘xtatib, bir xil darajada “muzlab qoldi”. Garchi o‘tgan yilning iyun oyining birinchi o‘n kunligida erta sabzi narxi deyarli 2 baravarga pasaygan va amaldagi narxlardan deyarli 3,5 baravar past bo‘lgan. 

Shu bilan birga, O‘zbekistondagi sabzi narxlarining holati, odatda, ushbu meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozori — Rossiyada, shuningdek, qo‘shni Tojikistonda narxlar dinamikasini takrorlaydi. 

Lavlagi narxi ham juda tez o‘smoqda 

Hozirgi vaqtda Rossiyadagi chakana savdo do‘konlarida bir kg lavlagi narxi 110 rubl (1,53 dollar), ochiq bozorlarda va uylar yaqinidagi chakana savdo do‘konlarida esa 180 rubl (2,50 dollar). Shunga ko‘ra, o‘zbekistonlik sabzi va lavlagi ishlab chiqaruvchilari hamda eksportchilari ushbu mahsulotlarni Rossiya bozoriga eksport qilish uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. 

EastFruit mutaxassislarining fikriga ko‘ra, joriy yil may oyining o‘zida O‘zbekistondan 2000 tonnaga yaqin lavlagi eksport qilingan. Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu yuklarni yetkazib berish stavkalari iyun oyida biroz pasaygan.


Maqola muallifi

Teglar

sabzi

Baholaganlar

1176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing