Issiq havoda salqin ichimlik ichish qanchalik zararli?

Salomatlik

image

Issiq havoda salqin ichimliklar ichish oshqozon va butun organizmga zarar yetkazishi mumkin. Bunda tayyor bo‘lmagan organizmning muzdek ichimlikni qabul qilishi juda qiyin bo‘ladi, ular ovqat hazm qilish traktiga ham xavf tug‘diradi. Bundan tashqari, salqin ichimlik ichganda tonzillit kabi surunkali kasalliklar kuchayishi mumkin. 

Ta’kidlanishicha, agar muzdek suv oshqozonga tushsa, u holda fermentlar va me’da shirasining ishlab chiqarilishi vaqtincha to‘sib qo‘yiladi. Natijada oqsillar so‘rilmaydi. Bu esa juda xavfli. 

Bundan tashqari, sovuq suv ichganda yog‘lar hazm bo‘lmaydi, ichakning harakatlanish faolligi pasayadi, bu esa ich qotishiga olib keladi. Shuningdek, juda issiq suv ichish (65 darajadan yuqori) ham noto‘g‘ri — qizilo‘ngach saratoni xavfi ortadi. 

Sharbatlardan esa butunlay voz kechish tavsiya etiladi. Ularni muntazam iste’mol qilish podagra yoki buyrakda tosh yig‘ilishiga, eng yomon holatda esa saratonga olib kelishi mumkin. 

Mutaxassislarga ko‘ra, kuniga ikki marta ko‘k choy (u gidratatsiyani tiklaydigan ajoyib antioksidant) va limonli suv ichish foydali.


Maqola muallifi

Teglar

suv issiq havo zarar

Baholaganlar

342

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing