Kunlik hisobot: 2 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda
Jamiyat
−
12 iyun 2020
7232Koronavirusga chalingan bemorlardan 13 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun mamlakatda 128 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 94 nafari karantin muassasalarida, 26 nafari aholi orasida (shundan 14 nafari Toshkent shahrida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida), qolgan 8 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Avval xabar qilgandek, bugun 121 nafar bemor sog‘aydi. Shundan 120 nafari Toshkent shahridagi, 1 nafari esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4869 nafar bemordan 3758 nafari sog‘ayib, ko‘rsatkich 77 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1092 nafar bemordan 13 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Bemorlarning 844 nafari poytaxtdagi davolash muassasalarida, 248 nafari esa 8 hududidagi shifo maskanlarida davolanmoqda.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 25 100 nafar, statsionar karantinda esa 23 628 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi