Kun sarhisobi. O‘zbekistonda so‘nggi 9 soatda koronavirus yuqtirganlar ko‘paymadi
Jamiyat
−
28 aprel 2020
9494O‘zbekistonda so‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi yuqtirgan yangi bemorlar aniqlanmadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Demak, ayni vaqtgacha mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1939 nafar bo‘lib turibdi. Ularning 993 nafari sog‘ayib bo‘lgan va 8 nafari vafot etgan.
Bugunning o‘zida 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi. Xususan, Toshkentda – 49, Andijonda – 27, Buxoroda – 9, Surxondaryo va Farg‘onadan – 7 va Qashqadaryoda – 1 kishi koronavirusdan to‘liq sog‘aydi. Shuningdek, 35 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Hozirda mavjud bemorlar soni 939 nafar bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi