Kun oxirida yana 70 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 nafarga oshib, 9396 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 14 nafari Samarqand viloyatida hamda 9 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafar Andijon viloyatida va 3 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6251 (+217) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3116 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing