Kun oxirida yana 117 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
09 iyul 2020
10880Bugun, 9 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 117 nafarga ortib, 11564 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
- 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
- 42 nafari Toshkent shahrida aholi orasida;
- 15 nafari Namangan viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida);
- 7 nafari Toshent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarda;
- 2 nafari Farg‘ona viloyatida;
- Surxondaryo va Buxoro viloyatida esa 1 nafardan aholi orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 203 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 227 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib mamlakatda 7287 (+227) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 4226 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi