Kun oxirida ikki hududda koronavirusga chalinganlar ko‘paydi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
16450Bugun, 2 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 nafarga ko‘payib, 3760 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Karantin markazidagi (Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 2908 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (77 foizi) sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 837 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi