Kun mavzusi: Prezidentning tanqidi, “Tonirovka”, “Jasliq” koloniyasi
Jamiyat
−
03 avgust 2019
6407Qiziqarli va dolzarb yangiliklarga boy bo‘lgan 3 avgust kuning eng muhim voqealari bilan quyida tanishing.
“Tonirovka” bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Pardaga ruxsat berildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha izoh berdi.
Samarqandda tekshiruv: Paxtachi va Kattaqo‘rg‘onda 3 tasi aniqlandi
Samarqand viloyatida yer qa’ridan foydalanuvchi va qayta ishlovchi 28 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektida o‘rganish o‘tkazildi. Mazkur jarayonga marksheyderlik xizmati tashkilotlaridan malakali mutaxassislar jalb qilinganini ta’kidlash lozim. O‘rganishlar 25 ta korxonaning o‘zida tashkil etilgan bo‘lsa, 3 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt soliq idoralari ma’lumotlari asosida o‘rganildi.
Prezident hokimlarga: Uyni buzguncha, kallangni buz! (audio)
Kecha, 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Prezident videoselektorda so‘nggi vaqtlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘onadagi “snos” masalalari bo‘yicha munosabat bildirdi.
“Mening siyosatimga eng katta dushmanlik qilganlardan biri — Xorazm viloyati hokimi janob Ermanov. Ermanov internetdagi izohlardan senga va senga o‘xshagan noinsoflaringga “tabrik” jo‘nataman.
Yerning bir qarichini ham bermaymiz
Tojikiston 1 gektar yerini hech kimga bermaydi, dedi Sug‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Biz yaxshi qo‘shnichilik tarafdorimiz, lekin yerimizning bir qarichini hech kimga bermaymiz va o‘z yerlarimizni himoya qilamiz. Agar qo‘shni Qirg‘iziston fuqarolari davlat chegarasini buzish yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni ko‘rishsa, unda biz ham o‘ch olishga tayyormiz, deb ta’kidladi viloyat rahbari.
Prezident Jasliqdagi koloniyani tugatdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgust kungi PQ-4414-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilandi.
Prezidentning mazkur qarorini Human Rights Watch tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov mamnuniyat bilan qarshi oldi.
Saida Mirziyoyeva: javobgarlik kiritishni ko‘rib chiqyapmiz
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutuvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Yangi qonunda blogerlarning huquqlarini ham belgilab qo‘yilishi kutilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
“Ot izini toy bosar”: “Avtotest”ga o‘rinbosar topildi
Bir necha kun ilgari “Avtotest Report” MCHJ yuridik shaxslarning yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarini, shu jumladan yo‘lovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi.
Shundan so‘ng, yo‘l harakati ishtirokchilarida “endi, malaka oshirish uchun qayerga murojaat qilishimiz kerak?” degan savollar tug‘ildi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur savollarga javob berdi.
“Tashkent city”dagi ikki bino sentyabrda foydalanishga topshiriladi
“Tashkent city” xalqaro biznes markazi hududida qurilayotgan “Hilton” mehmonxonasi va “Congress hall” joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
XBMning 5-lotida joylashgan “Congress hall”da O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.
Video: Karimov terrorchilarga qarshi kurashgan harbiylarga nima degan?
Zaxiradagi polkovnik Botir Abdullayev 2000 yilda mamlakat janubida xalqaro terrrchi guruhlarga olib borilgan jangovar harakatlar haqidagi xotiralari haqida so‘zlab berdi.
“2000 yil avgust oyida O‘zbekiston janubida hukumat kuchlari jangovar bo‘linmalari hamda mamlakat hududiga suqulib kirgan O‘zbekiston islom harakati xalqaro terrorchilar to‘dasi o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Kelajak haqida xomxayollarga berilgan jangarilar O‘zbekistonda qonli izlar qoldirdi, shu bilan birga, ular Tojikistondagi fuqarolar urushi davrida, qolaversa, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Rossiyada bir qator qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirgan edilar”, deyiladi Fond xabarida.
Toshkentda YTH: 25 yoshli yigit vafot etdi
Poytaxt Toshkent shahrida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasida 25 yoshli yigit halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH kecha, 2 avgust kuni soat 2:30 da Yashnobod tumanining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi 25 yoshli Meliqul N. Boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgan. Haydovchining joni voqea joyida uzilgan.
IIV Bo‘stonliqdagi mudhish YTH bo‘yicha ma’lumot berdi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 60 yoshlar atrofidagi shaxs halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mazkur xabar Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 20 iyul kuni soat 22:35larda, 1985 yilda tug‘ilgan B.Z. otasiga tegishli Lacetti rusumli avtomashinani Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” mahalla fuqarolari yig‘ini hududidan o‘tuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil qatnov yo‘lining 72-kmda sodir bo‘lgan.
Italiya Rossiyadan havotirda
Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte Sibir va Uzoq Sharqdagi yong‘inlardan xavotirda ekanini bildirdi va Rossiyani ularni o‘chirishda yordam berishni taklif qildi. Sibirdagi yong‘inlar bilan bog‘liq fojiali favqulodda vaziyat sharoitida, men Rossiya Federatsiyasiga Fuqarolik himoyasi bo‘limining yordamini taklif qildim. Yaqin orada vaziyat normallashadi deb umid qilamiz, - deb yozadi Konte Twitterdagi sahifasida.
LiveBarchasi