Kun hisoboti: bugun besh hududda aholi orasida kasallik aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyun kuni O‘zbekistonda 114 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan 81 nafari Karantin muassasalarida, 27 nafari aholi orasida (shundan 10 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida hamda 1 nafari Sirdaryo viloyatida), qolgan 6 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Bugun 69 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 55 nafari Toshkent shahridagi, 10 nafari Buxoro viloyatidagi, 4 nafari Namangan viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5080 nafar bemordan 3943 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1118 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 28 297 nafar, statsionar karantinda esa 21 717 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

666

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing