Kumush Xo‘jayeva Paralimpiadaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi

Sport

image

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi Parij yozgi Paralimpiada o‘yinlarining para dzyudo bahslarida o‘zbekistonlik Kumush Xo‘jayeva final bahsini o‘tkazish uchun tatamiga chiqdi.

Finalda Xo‘jayeva yaponiyalik Xirose Junkoga qarshi kurash olib bordi. Ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida kechgan final bellashuvida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Kumush Xo‘jayeva mag‘lubiyatga uchradi va Paralimpiadaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, delegatsiya hisobidagi medallar hozirgacha 9 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi. Delegatsiya jami 21 ta medal bilan umumjamoa hisobida 12-o‘ringa tushdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Paralimpiada o‘yinlarining para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida o‘zbekistonlik Tolibboy Yo‘ldoshev oltin medalga sazovor bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya kumush medal' Kumush Xo'jaeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing