Kuleba referendum fonida Rossiyaga sanksiyalarni kuchaytirishni so‘radi
Olam
−
21 Sentabr 2022
4056Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya Federatsiyasi nazoratidagi hududlarda referendum o‘tkazish niyati fonida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yuqori darajadagi haftaligi doirasidagi Demokratiya va iqtisodiy taraqqiyot tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 39-yig‘ilishida so‘zlagan nutqida so‘z ochdi.
Ukraina diplomatiyasi rahbari gruziyalik, ozarbayjonlik va moldovalik hamkasblarini jangovar hududlardagi vaziyat, Ukraina va hamkorlarning vaqtincha bosib olingan Ukraina hududlarini ozod qilish borasidagi sa’y-harakatlari haqida batafsil ma’lumot bergan. U Gruziya, Ozarbayjon va Moldovaga Ukrainaga insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirgan.
“Dmitriy Kuleba Ukrainaga qarshi jinoyatlari uchun Rossiya Federatsiyasiga qarshi xalqaro sanksiyalarni kuchaytirish masalasini, xususan, Moskvaning vaqtincha bosib olingan Ukraina hududlarida psevdoreferendumlar o‘tkazish niyati kontekstida ko‘tardi. Vazir Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarni yopish muhimligini ta’kidladi”, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, hamkasblariga ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan Kiyev xavfsizlik shartnomasi konsepsiyasi haqida batafsil gapirib bergan.
Kuleba Gruziya, Ozarbayjon va Moldovani Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidan zarar ko‘rgan Ukraina hududlarini yangilashda ishtirok etishga taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 sentyabr kuni (tan olinmagan) Lugansk xalq respublikasi va Donetsk xalq respublikalarining Rossiya tarkibiga kirishi bo‘yicha referendum joriy yilning 23-27 sentyabr kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi.
LiveBarchasi