Ko‘ksaroy qarorgohida Halima Yoqubni kutib olish marosimi bo‘ldi (fotogalereya)

Jamiyat

image

Bugun, 24 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbari Halima Yoqubni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ko‘ksaroy qarorgohi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qilgan.

Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyalari ijro etilgan. Shuningdek, Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutlagan.

Ma’lum qilinishicha, birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Halima Yoqub

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing