Ko‘k kartochka islohoti barbod bo‘ldi
Sport
−
10 fevral
6924Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) jamoatchilik, jumladan, jamoa murabbiylari futbolda ko‘k kartochkani qo‘llash islohotiga salbiy munosabat bildirgani uchun yaqin orada ko‘k kartochka loyihasini amalga oshirmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Daily Star” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, IFAB futbolda ko‘k kartochkalarni joriy etish rejasi tafsilotlarini kecha, 9 fevral kuni e’lon qilishi kerak edi, biroq bu tashabbus bo‘yicha keyingi muhokamalar jarayonni to‘xtatishiga sabab bo‘ldi.
IFAB loyihasiga ko‘ra, ko‘k kartochka agar o‘yinchi ataylab qo‘pollik qilsa yoki o‘yin hakami fikriga rozi bo‘lmasa qo‘llanilishi ko‘zda tutilgandi. Mazkur kartochka bilan ogohlantirilgan futbolchi 10 daqiqaga maydonni tark etadi. Shuningdek, o‘yinchi o‘yin davomida ikkita ko‘k yoki sariq va ko‘k rang kombinatsiyasini olgan taqdirda qizil kartochka olib, maydondan chetlatilishi aytilgandi.