Futbolda darvozabonlar bilan bog‘liq qoida o‘zgartirilishi mumkin

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) darvozabon to‘pni uzoq vaqt ushlab turgan taqdirda raqib foydasiga burchak to‘pi yoki autdan o‘yinni boshlash imkoniyati berilishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi qoidalar 2024/25 yilgi mavsum davomida sinovdan o‘tkaziladi, 2025 yil oxirida esa IFAB qoidani joriy etish masalasini muhokama qiladi.

Ayni damda agar darvozabon to‘pni qo‘lida 6 soniyadan ko‘proq ushlab tursa, jarima zarbasi berilishi kerak. IFAB'ga ko‘ra, hakamlar olti soniya qoidasini qo‘llashni istamayapti. 

Hakamlar bu vaqtni 8 soniyagacha oshirishni taklif qilmoqda, bu vaqtni hakam darvozabon to‘pni qo‘liga olgandan boshlab hisoblaydi. Burchak yoki autdan to‘pni kiritish darvozabonga eng yaqin qanotdan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing