Kudermetova “Rolan Garros” saralashining finaliga chiqdi

Sport

image
Kecha, 20 may kuni O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tkazilayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining saralash bahslari ikkinchi davrasida ham g‘alaba qozondi.

Saralash turnirida 16-raqam ostida tasniflangan Kudermetova bolgariyalik Viktoriya Tomova uch set natijasiga ko‘ra, 7/6, 6/7, 6/3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Taqqoslash uchun, Polina WTA reytingida 125, Tomova esa, 161-o‘rinni egallab turibdi. Ertaga, 22 may kuni Kudermetova saralashning final uchrashuvida dunyoning 148-raketkasi bo‘lib turgan xitoylik Van Siyuyga qarshi kortga chiqadi. Saralash turnirida Van 1/2 finalda avstraliyalik Strom Xanterni 6/2, 7/5 hisobida yengdi.  

Kecha, turnirning saralash bahslari ikkinchi davrasida ko‘rtga chiqqan yana bir o‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva argentinalik Mariya Karlega imkoniyatni qo‘ldan boy berdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova “Rolan Garros” musobaqasining asosiy bosqichida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi.

Maqola muallifi

Teglar

Mariya Timofeeva Polina Kudermetova “Rolan Garros”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing