Kudermetova “Rolan Garros”dagi ishtirokini yakunladi
Sport
−
23 may 1213 1 daqiqa
Kecha, 22 may kuni tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi “Rolan Garros” turniri saralashining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Polina Kudermetova xitoylik Siyuy Vanga ikki setda 3/6 3/6 hisobida mag‘lubiyat bo‘ldi va turnir bilan xayrlashdi.
Ertaga, 24 may kuni boshlanadigan “Rolan Garros” turnirining asosiy davra bahslariga qur’a tashlandi. Asosiy davrada O‘zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova (89) ishtirok etadi.
Qur’aga ko‘ra, Rahimovaga ilk davrada jahon tasnif jadvalida 33-pog‘onani egallab turgan ruminiyalik Jaklin Kristian raqiblik qiladi. Ushbu bahs joriy yilning 25 may sanasiga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq turnirning saralash bahslari ikkinchi davrasida kortga chiqqan o‘zbekistonlik tennischi Mariya Timofeyeva argentinalik Mariya Karlega imkoniyatni qo‘ldan boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi.

Live
Barchasi