Kuchli armiyasiz kuchli Vatan bo‘lmaydi – XXR Raisi maxsus bayonot bilan chiqdi

Olam

image
Xitoy qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish jarayonini tezlashtirish talab etiladi. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin aytgan
 
"Biz milliy mudofaa va qurolli kuchlarni modernizatsiyalashni tezlashtirishimiz, Xitoy armiyasini eng ilg‘or, jahon darajasidagi armiyaga aylantirishimiz kerak. Kuchli armiyasiz kuchli Vatan bo‘lmaydi", degan Xitoy rahbari. 
 
Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyda sotsializm rivojlanishi uchun mamlakatda harbiy qudrat targ‘ib qilinishi kerak.
 
Avvalroq, Xitoy raisi mamlakatdagi askarlarni bo‘lg‘usi urushga tayyorlanishga chaqirgandi.
 
Qayd etish kerakki, hozirda Xitoy va AQSH munosabatlarida koronavirus pandemiyasi va Tayvan oroli sabab haddan tashqari keskinlik saqlanib turibdi.
 
Eslatib o‘tamiz AQSH Prezidenti Donald Tramp ham ikkinchi bor prezidentlikka saylansa, Xitoy bilan "ko‘p narsa qilishga" va’da bergandi.

Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin

Baholaganlar

205

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing