Kubarsi YeCHL pley-off bosqichida antirekord o‘rnatdi

Sport

image

“Barselona” Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida “Benfika” bilan mehmonda o‘ynadi va 1:0 hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida hakam Feliks Svayer 18 yoshli himoyachi Pau Kubarsini maydondan chetlatdi, u 21 daqiqada “Barselona” darvozasi tomon birga-bir vaziyatga qochib ketayotgan Evangelos Pavlidisni chalib yiqitdi.

Kubarsi 18 yoshu 42 kunligida turnirning pley-off bosqichida qizil kartochka oldi va bu borada tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Musobaqa antirekordi esa “Anderlext” a’zosi Selestin Babayaroga tegishli bo‘lib,  u 1994 yilda 16 yoshu 86 kunligida qizil kartochka olgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Benfika” jamoalari o‘rtasidagi YeCHL 1/8 final javob bahsi 12 martga o‘tar kechasi Montjuikdagi “Olimpiya” stadionida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Pau Kubarsi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing