Kubada neft omborida yana portlash bo‘ldi (video)

Olam

image
Kubadagi neft bazasida yong‘in yuz berdi. O‘nlab qurbonlar bor (video) north_east

Kubadagi neft bazasida yong‘in yuz berdi. O‘nlab qurbonlar bor (video)

Kubaning Matanzas provinsiyasi bandargohidagi neft omborida yana neft rezervuari portladi. Omborda 5 avgust kuni boshlangan yong‘in hozirgacha sig‘imi 50 ming tonna bo‘lgan to‘rtta sisternaga o‘tgan. Bu haqda Kuba milliy yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Avalos Xorxe ma’lum qildi.

“Ketma-ket yong‘in sodir bo‘ldi, hozir to‘rtta bog‘langan omborlar zarar ko‘rgan”, degan Avalos matbuot anjumanida.

Kubaning Matanzas provinsiyasi portidagi neft omborida o‘tgan juma oqshomida taxminan 25 ming kub metr neft bo‘lgan rezervuar gumbaziga chaqmoq urishi oqibatida kuchli yong‘in boshlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlangan 125 kishidan 22 nafari shifoxonada qolmoqda, besh nafarining ahvoli og‘ir. 16 kishi bedarak yo‘qolgan, bir kishi halok bo‘lgan.

Aleksandr Avalosning so‘zlariga ko‘ra, Kuba tarixida bunday yong‘inning misli ko‘rilmagan va u alanga qachon o‘chirilishini oldindan ayta olmaydi – “bu bir necha kun talab qilishi mumkin”. O‘t o‘chiruvchilar yonayotgan rezervuarlarni sovutish bilan bir qatorda, yong‘inning neft mahsulotlari va benzin bilan generator majmualari va 321-terminal hududiga tarqalishining oldini olishga harakat qilmoqda.

Kubaga yong‘inni o‘chirishda yordam berish uchun bir kun avval Meksika va Venesueladan samolyot va vertolyotlar, shuningdek, mutaxassislar va texnikalar kela boshlagan, 14 ta shunday reys allaqachon qabul qilingan.

Kubalik olimlar yomg‘ir suvi namunalarini o‘rganayotganliklarini aytib, yaqin kelajakda natija bo‘lishini va’da qilgan. Ayni paytda yog‘ingarchilik tufayli atrof-muhitni ifloslantirish xavfi “xavotirga solmaydi”. Matanzas provinsiyasida, gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan hududdan 4800 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Kuba

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing