Kubadagi neft bazasida yong‘in yuz berdi. O‘nlab qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 5 avgust kuni Kubaning Matanzas provinsiyasidagi neft omborida chaqmoq urishi sababli yirik yong‘in yuz berdi. Oqibatda taxminan 77 kishi jabrlangan. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 67 kishi qurbon bo‘lgan, 77 kishi kuygan. Kuyganlarning barchasi hozirda shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 18 nafarining ahvoli og‘ir. 

Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda, neftning to‘kilishi qayd etilmagan, atrofdagi aholi evakuatsiya qilingan.

“Ayni paytda 17 kishi bedarak yo‘qolgan. O‘t o‘chiruvchilar [yong‘in] tarqalishining oldini olishga harakat qilmoqda. Neft sohasida tajribaga ega do‘st davlatlardan yordam so‘raldi”, deyiladi Hukumatning Twitter sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Kuba neft' bazasi

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing