Kuba AQSH bosimi ostida 2000 dan ortiq mahbusni ozod qildi
Olam
−
03 aprel 1015 2 daqiqa
Kecha, 2 aprel kuni Kuba hukumati “insonparvarlik va xalqaro bag‘rikenglik” siyosati doirasida 2 010 nafar mahbusni ozod qildi. Bu haqda Kubaning AQSHdagi elchixonasiga tayanib, BBC habar berdi.
Elchixonaga ko‘ra, ozodlikka chiqariladiganlarning asosiy qismini chet el fuqarolari va siyosiy mahkumlar tashkil qiladi.
“Kuba hukumatining insonparvarligi bilan ozod qilingan 2 010 mahkum orasida chet el fuqarolari, yoshlar, ayollar va 60 yoshdan oshgan qariyalar ham bor”, deyiladi elchixona bayonotida.
Kuba hukumatiga ko‘ra, mahbuslarni ozod qilish Kuba adliya tizimida odatiy amaliyot bo‘lgan. Mahkumlarning “gunohidan o‘tish” Pasxa haftasi (nasroniylik taqvimidagi eng muhim hafta bo‘lib, u Iso Masihning Quddusga kirib kelishidan boshlab, uning xochga mixlanishi va qayta tiririlish (Pasxa) bayramigacha bo‘lgan voqealarni qamrab oladi) va diniy bayramlari kontekstida amalga oshirilmoqda.
Siyosiy tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bu kabi keng ko‘lamli mahbuslarni ozod qilish jarayoni siyosiy bosimlar ortidan sodir bo‘lishi mumkin.
Qayd etish joiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyga qaytganidan beri Kubaning kommunistik rahbariyatini o‘zgartirish istagini ochiq aytib kelgan. Jumladan, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio joriy yilning 25 martida Afg‘onistonda hibsda saqlangan amerikalik mahbus Dennis Uolter Koylning ozod qilinishi ortidan o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQSH Prezdidenti xorijda saqlanayotgan barcha amerikalik mahbuslarni ozod qilish uchun jiddiy sa’y-harakatlar qilayotganini yozgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp ma’muriyati Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanelni hokimiyatdan chetlatishga urinayotgani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi