Krouford Madrimovdan so‘ng qozog‘istonlik bokschi bilan jang qilishi mumkin

Sport

image

Yarim o‘rta vazn toifasida WBA va birinchi o‘rta vaznda WBO kamari sohibi amerikalik Terens Krouford o‘rta vazn toifasida qozog‘istonlik IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni Janibek Alimxonuli bilan jang qilishi mumkin. Bu haqda “Sports.kz” xabar berdi.

Gap shundaki, X'dagi “Adams Boxing Show”ning mashhur boks akkaunti Kroufordga Alimxonuli bilan jang qilishni taklif qildi. 

“Krouford o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni o‘zbekistonlik Isroil Madrimovni mag‘lub etdi. U qo‘shni qozog‘istonlik WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionini mag‘lub eta oladimi?” deb yozgan “Adams Boxing Show” sahifasi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Janibek Alimxonuli profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. U janglarining 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingi yetakchilaridan biri bo‘lgan 36 yoshli Krouford esa Madrimov qarshi jangda faoliyatidagi 41-g‘alabasini tantana qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Terens Krouford Janibek Alimxonuli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made