Krouford-Madrimov jangi 24 aprel kuni e’lon qilinadi

Sport

image

Vazn toifasidan qat’i nazar P4P reytingi peshqadami, mutlaq jahon chempioni, amerikalik yengilmas Terens Kroufordning o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovga tegishli Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jangi 24 aprel kuni rasman e’lon qilinadi. Bu haqda jurnalist Mayk Koppinjer o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Uchta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lib ulgurgan 36 yoshli Terensning 29 yoshli Madrimovga qarshi 3 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, 24 aprel kuni Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan matbuot anjumanida mazkur jang e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Krouford shu vaqtga qadar profringda 40 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan va 31 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Madrimov esa 11 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 10 tasida zafar quchgan. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ishtirokidagi 1 ta bahsda durang qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov Terens Krouford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing