“Krokus”dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir gumonlanuvchi hibsga olindi
Olam
−
29 mart
16661“Krokus Siti Holl”dagi teraktga aloqador yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs terrorizmni moliyalashtirish sxemasida ishtirok etgan.
Shuningdek, Tergov qo‘mitasi hisobotida qo‘lga olingan shaxslar bilan ishlash natijasida ularning Ukraina millatchilari bilan aloqasi borligi to‘g‘risida dalillar qo‘lga kiritilgani aytiladi.
“Tergov ixtiyorida terrorchilik hujumi aybdorlari Ukrainadan katta miqdordagi pul va kriptovalyuta olgani, ular jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanilgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Qo‘mita boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 22 mart kuni Moskvadagi “Krokus Siti Holl” binosida terakt sodir bo‘ldi. 23 mart kuni FXX jinoiy ish bo‘yicha tergov doirasida 11 kishi hibsga olingani haqida xabar berdi.
Tergovga ko‘ra, ulardan to‘rt nafari to‘g‘ridan to‘g‘ri terakt uyushtirishda, yana uch nafari terrorchilarga kvartira va mashina bilan yordam berganlikda ayblangan. Qolganlari haqida ma’lumot berilmagan.
LiveBarchasi