“Kristal Pelas” Konferensiyalar ligasi chempioni bo‘ldi
Sport
−
28 may 954 2 daqiqa
Kecha, 27 may kuni Yevropa Konferensiyalar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning “Kristal Pelas” jamoasi Ispaniyaning “Rayo Valekano” klubini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Uchrashuv Germaniyaning Leypsig shahrida bo‘lib o‘tdi va ingliz klubining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golni 51-daqiqada Jan-Filipp Mateta kiritdi. Shu tariqa, “Kristal Pelas” o‘z tarixida ilk bor Yevropa musobaqasi finaliga chiqdi va birinchi xalqaro sovrinini qo‘lga kiritdi.
London klubi o‘tgan mavsumda ilk marta Angliya Kubogini yutib, Yevropa ligasiga yo‘l olgan edi. Biroq jamoa UEFA qoidalariga ko‘ra, Yevropa ligasida emas balki Konferensiya ligasida ishtirok etishga majbur bo‘ldi. Sababi, Fransiyaning “Lion” klubi ham ushbu musobaqaga yo‘l olgandi. Har ikki klubning ham sobiq ulushdori amerikalik investor Jon Tekstor hisoblanadi. UEFA qoidalariga ko‘ra, bir xil egasi bo‘lgan klublar bir Yevropa musobaqasida qatnashishi mumkin emas edi.
Shunday bo‘lsa-da, “Kristal Pelas” Konferensiya ligasidagi ilk ishtirokidayoq bosh sovrinini qo‘lga kiritdi va bu turnirda zafar quchgan uchinchi ingliz klubiga aylandi. Bundan avval, 2023 yilda “Vest Xem”, 2025 yilda “Chelsi” ushbu turnir g‘olibi bo‘lgandi.
Shuningdek, Italiyaning “Roma” (2022) va Gretsiyaning “Olimpiakos” (2024) klublari ham musobaqada zafar quchgan.
Live
Barchasi