Habib yana qancha vaqt jang qilishini aytdi
Sport
−
19 Sentabr 2019
7653Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmuhamedov qachongacha oktagonga jang qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.
“Otam menga faoliyatining eng cho‘qqisiga chiqqan davri 32-33 yoshida kelganni aytgan. 33 yoshdan keyin esa faoliyati pastlashni boshlagan. Men ham shunday qilsam kerak. Hozircha, natijam 28-0. Agar bu ko‘rsatkichni 30-0 qilsam undan ham yaxshi bo‘lardi. Men yana kamida 3-4 ta jangda ishtirok etsam kerak. Shundan so‘ng faoliyatimni yakunlayveraman”, dedi Habib.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7sentyabr kuni UFC`ning yengil vaznida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Porega qarshi jang o‘tkazdi.
Habibning ustunligida kechgan jangda, rossiyalik sportchi raqibini bo‘g‘uvchi usuli bilan yengdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr