Senat uch qonun va bir kodeksga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi

Jamiyat

image
Senat 2020 yil uchun Davlat byudjetini tasdiqladi north_east

Senat 2020 yil uchun Davlat byudjetini tasdiqladi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 30 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Majlisda Oliy Majlis Senati a’zolari “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun bilan 3 ta qonun va 1 ta kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish nazarda tutiladi.

Bunda parlament tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunni ko‘rib chiqish va qabul qilishda Oliy Majlisning byudjetga doir vakolatlari nazarda tutilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini tasdiqlash tartibi joriy etilishi munosabati bilan Qonunda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga keyingi yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish hamda unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibi va muddatlarini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasini senatorlar qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Senat yalpi majlis

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing