Kremlev Jalolovga qimmatbaho mashina sovg‘a qildi (video)

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlev o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovga avtomobil sovg‘a qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kremlev Jalolovga mashinani bokschining to‘yi munosabati bilan tuhfa qilgan. O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga sovg‘a qilingan BMW avtobrendining X5 rusumi bo‘lib, bunday “toychoq”larning narxi 90 ming AQSH dollaridan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 dekabr kuni Bahodir Jalolovning nikoh kechasi bo‘lib o‘tgandi. 29 yoshli sportchi hozirda universitetda tahsil olayotgan Aziza ismli qizga uylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Umar Kremlev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing