Kreml Trampning Rossiyaga tahdidiga izoh berdi

Olam

image

Rossiya hukumati AQSH Prezidenti Donald Trampning sanksiyalar tahdidida “yangi elementlar”ni ko‘rmadi va u bilan muloqotga tayyor. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml AQSHning yangi Prezidenti Donald Trampning barcha ritorika va bayonotlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

“Biz juda diqqat bilan kuzatyapmiz, albatta, barcha ritorika, barcha bayonotlar inobatga olinmoqda. Biz barcha nyuanslarni diqqat bilan qayd etamiz. Biz muloqotga tayyormiz. Prezident Putin bu haqda bir necha bor gapirgan”, degan Peskov.

Uning eslatishicha, Donald Tramp o‘zining birinchi muddatida ham sanksiya qo‘llashni yoqtirgan.  

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ida Ukraina urushi haqida bayonot berib, Putinning "bu bema’ni" urushni tezroq tugatishga chaqirgandi. Shuningdek, Tramp Rossiya xalqiga mehr bilan munosabatda bo‘lishini va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda ekanini ta’kidlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya Qo‘shma Shtatlarga quloq solmasa, Vashington zudlik bilan Rossiyaning AQSHga eksport qilinadigan barcha mahsulotlariga sanksiyalar va bojlar joriy qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing