Kreml Putinning harbiy unvoni haqida ma’lumot berdi
Olam
−
19 fevral 2021 14607 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov nima uchun davlat rahbari Vladimir Putin hali ham polkovnik unvonida qolayotgani haqida gapirdi.
Peskovning ta’kidlashicha, Prezident bir necha bor general unvoniga sazovor bo‘lgan.
"Albatta, u bunga loyiq, lekin juda ko‘p ishlaydi. U shunchaki davlat boshqaruvining boshqa masalalariga e’tibor qaratadi", degan Kreml vakili.
Peskovning o‘zining unvoni haqida so‘rashganda esa, u katta leytenant ekanini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin zaxiradagi polkovnik unvoniga 1999 yil boshida, mamlakat rahbarligini o‘z zimmasiga olmasidan avval munosib ko‘rilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025