Kreml Putin va Maskning muntazam aloqasi haqidagi xabarga izoh berdi
Olam
−
25 Oktabr
5556Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muntazam aloqa qilayotgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Vladimir Putin Ilon Mask bilan 2022 yilgacha bo‘lgan yagona suhbatidan so‘ng hech qanday aloqaga ega emas. “The Wall Street Journal” nashrida e’lon qilingan xabarlar AQSHdagi saylovoldi raqobati bilan bog‘liq.
“Bularning hammasi yolg‘on, nashr chop etgan ma’lumotlar mutlaqo noto‘g‘ri. Putinning Mask bilan 2022 yilgacha bitta aloqasi bo‘lgan va ular telefon orqali gaplashgan”, dedi Kreml vakili.
Peskovga ko‘ra, o‘sha paytda Putin va Mask o‘rtasidagi suhbat tanishtiruv xarakteriga ega bo‘lgan va kelajak texnologiyalari hamda texnologik yechimlar haqida gaplashilgan. Mask istiqbolli deb hisoblagan texnologik rivojlanish yo‘nalishlari taqqoslangan, Putin esa mamlakatda qanday jarayonlar borayotganini tushuntirgan.
“Bu yagona aloqa edi. Shundan so‘ng, Maskning Putin bilan boshqa hech qanday aloqasi bo‘lmagan va bu haqdagi barcha da’volar noto‘g‘ri”, dedi Kreml voizi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Wall Street Journal” o‘z manbalariga tayanib, Ilon Mask Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muntazam aloqada bo‘lib turganini xabar qilgan edi.
LiveBarchasi