Kreml Londonga javob berdi

Olam

image

Avvalroq, Buyuk Britaniya rus oligarxlarining mamlakatdagi mulklariga sanksiya qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik. Rasmiy Moskva Londonning bu bayonotini bee’tibor qoldirmadi.

Kreml Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trassning Rossiya kompaniyalariga yangi sanksiyalar qo‘llash haqidagi bayonotini biznesga hujum deb baholamoqda. Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonotni izohlab, "hamma narsani o‘z nomi bilan atashga" chaqirdi.

“Sanksiyalar - bu qonuniy va BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan rasmiylashtirilgan narsa. Bu holatda gap biznesga yashirin hujum haqida ketmoqda”, deya ta’kidlagan matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya London aytganidek rus biznesiga qarshi cheklovlar qo‘llasa, Moskva ham munosib javob beradi.

“Birgina davlatning Rossiya biznesiga hujumi, albatta, javob choralarini nazarda tutadi va bu choralar faqat o‘z manfaatlarimizni hisobga olgan holda, kerak bo‘lsa, o‘z manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda shakllantiriladi”, degan Peskov.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya “Kremlni qiziqtirgan har qanday kompaniya”ga qarshi cheklov choralarini ko‘rish rejalarini ochiqladi. London  “Putinga yaqin” biznes elita va “Rossiya rejimi manfaatlarini ilgari suruvchi” korxonalar sanksiyalardan “yashirina olmasligini” ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya

Baholaganlar

1115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing