Kreml korchaloni Putinning aytganlarini xaspo‘shladi

Olam

image

Rossiya o‘z qo‘shnilariga hududiy da’vo bilan chiqmaydi. Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat rahbari Vladimir Putinning “Rossiya. Kreml. Putin” filmi uchun bergan intervyusidagi ba’zi fikrlarga izoh berib shunday dedi.

“Yo‘q, Rossiyaning qo‘shnilariga hududiy e’tirozlari yo‘q”, dedi Peskov.

Intervyuda Putin SSSR tarkibida bo‘lgan respublikalar shartnomaga ko‘ra, uning tarkibidan chiqishi mumkinligi, ammo bu jarayon qanday bo‘lishi ko‘rsatilmaganini aytib o‘tgandi.

“Savol yuzaga keladi: biror-bir respublika Sovet Ittifoqi tarkibiga kirsa, lekin Rossiyaning ulkan yerlariga, Rossiyaning tarixiy hududlariga ega bo‘lgach, to‘satdan Ittifoq tarkibidan chiqishga qaror qilsa, hech bo‘lmaganda qanday kirgan bo‘lsa, shunday chiqsin. O‘zi bilan rus xalqining sovg‘alarini olib ketmasin. Axir bularning hech biri yozilmagan edi-ku”, degan Putin.

Peskov Putinning aytganlariga izoh berib, gap Rossiyaning hududiy e’tirozi haqida emas, balki SSSR Konstitutsiyasidagi xatolikni qaytarmaslik haqida bo‘lganiga urg‘u bergan.

“U sovg‘alar haqida gapirmadi. U Konstitutsiyada yo‘l qo‘yilgan tizimli xatoliklarni aytdi”, deb Kreml vakili Putinning aytganlarini xaspo‘shlagan.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya yetakchisi Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etadigan MDH davlatlari rahbarlari bilan hududiy masalani muhokama qilmoqchi emas.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Dmitriy Peskov

Baholaganlar

267

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing