Kreml Qodirovning yadro quroli haqidagi taklifiga javob qaytardi
Olam
−
03 Oktabr 2022
42559Hududlar rahbarlari o‘z fikrini bildirish huquqiga ega, ammo og‘ir damlarda ham hissiyotlar ustun bo‘lmasligi kerak. Bugun, 3 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning “maxsus operatsiya” davomida chegara hududlarida harbiy holat va past rentabellikdagi yadro qurolidan foydalanish zarur degan so‘zlariga izoh berib, shunday fikr bildirdi.
“Hududlar rahbarlari o‘z nuqtai nazarini bildirish, baho berish huquqiga ega. Axir, bular butun Rossiya viloyatlarining rahbarlari, jumladan Ramzan Qodirov ham, siz bilganingizdek, “maxsus harbiy operatsiya”ning boshidanoq ko‘p ishlarni amalga oshirgan va [kampaniyaga] juda katta hissa qo‘shgan. Va u o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda”, deydi Kreml matbuot kotibi.
Peskov so‘zida davom etib, “eng qiyin damlarda ham vaziyatga baho berishda, his-tuyg‘ularni aralashtirmaslikka chaqirgan”.
Yadro qurolidan foydalanishga chaqiruvni his-tuyg‘ularning namoyon bo‘lishi deb hisoblash mumkinmi, degan savolga javoban Peskov “Mamlakatda yadro qurolidan foydalanish tegishli doktrinada qayd etilganlar asosda sodir bo‘lishini” eslatdi.
Avvalroq Ramzan Qodirov rus qo‘shinlari Ukrainaning Liman shahrini boy berganidan keyin, kam ta’sirli yadro qurolidan foydalanish kerakligini aytib chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktabr kuni Rossiya harbiylari qamalda qolish xavfi yuzaga kelgach, Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Krasniy Liman shahrini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi.
LiveBarchasi