Kreml Qodirovning sog‘lig‘i haqida “spravka” bermaydi – Peskov
Olam
−
18 Sentabr 2023
12078Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifing chog‘ida jurnalistlarning Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i haqidagi savollariga javob berdi.
“Bizda ma’lumot yo‘q. Kreml uning sog‘lig‘i haqida ma’lumotnoma bermaydi”, degan Peskov.
Shuningdek, Kreml voizidan Qodirov 17 sentyabr kuni Moskvada bo‘lgan-bo‘lmaganiga ham oydinlik kiritish so‘ralgan. Bunga javoban, u Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan hech qanday uchrashuv bo‘lmaganini aytib o‘tgan.
Qayd etish joizki, Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari haqida xabarlar fonida kecha, 17 sentyabr kuni Checheniston Respublikasi rahbarining Telegram-kanaliga uning yomg‘ir ostida sayr qilib yurgani aks etgan vide joylashtirilgandi.
“Internetda haqiqatni yolg‘ondan ajrata olmagan barchaga toza havoda sayr qilishni va o‘z fikrlarini tartibga solishni qat’iy tavsiya qilaman. Yomg‘ir esa odamni tetiklashtiradi”, deb yozilgan video ostidagi postda.
Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarida Qodirovning samolyoti 15 sentyabr kuni taxminan Grozniydan Moskvaga uchgani va uch kun davomida Rossiya poytaxtida qolgani, shuningdek, 17 sentyabr kuni ertalab Moskvadagi markaziy klinik shifoxonasi hududiga Checheniston davlat raqamlariga ega avtomobillar kelgani da’vo qilinmoqda.
LiveBarchasi