Kosonsoyda sel qurbonlari soni 9 nafarga yetdi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, 13 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgandi.

Ushbu sel oqimlari sabab soat 13:20 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Kosonsoy” soyiga 60 metr.kub hajmda sel suvlari oqib kelgan. Natijada Kosonsoy tumani “Mahmudiy A’zam” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Kosonsoy” soyi qirg‘og‘ida joylashgan, ushbu tumanda yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan, dam olish maskanida dam olayotgan va soyga cho‘milish uchun tushgan fuqarolarni sel suvlari oqizib ketgan. 

Oqibatda 8 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 6 nafar fuqaro qutqarib qolingan. 1 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro qidirilayotgan edi. 

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida bugun, 17 iyul kuni erta tongda 2014 yilda tug‘ilgan, 7 yoshli bolaning jasadi Kosonsoy soyining “Tagijar” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qismidan topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sel Kosonsoy

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing