Koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi o‘chog‘i paydo bo‘ldi
Olam
−
23 may 2020
53731Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rasmiylari Janubiy Amerika koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi markazi ekanligini ma’lum qilishdi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, bu haqda JSSTning favqulodda sog‘liqni saqlash dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi. U Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Braziliyada yuz minglab kasallar mavjudligini va ularning aksariyati San-Pauluda ekanligini gapirib o‘tdi.
"Janubiy Amerika koronavirus infeksiyaning yangi markaziga aylandi. Ko‘ryapmizki, ushbu qit’aning ko‘p mamlakatlarida yuqumli kasalliklar soni ortmoqda", dedi Rayan.
Ayni paytda Braziliyada COVID-19 infeksiyasining aniqlangan odamlar soni 330 mingdan oshdi.
Mahalliy hokimiyatlarning ma’lum qilishicha, har kuni 20 mingdan ortiq yangi yuqtirish holati va mingdan ortiq o‘lim qayd etilmoqda.
LiveBarchasi
26 noyabr