Kosonda hokimlik xodimi soliqchini pichoqlagani rostmi? Izoh berildi
3-sahifa
−
11 iyul 2023
6319Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida hokimiyat xodimi soliq inspektorini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Tarqalgan xabarga ko‘ra, Koson tumani hokimligi xodimi soliq inspektorini pichoqlab qo‘ygan va inspektor shifoxonaga yotqizilgan. Hokimlik xodimi esa qamoqqa olingan. Ushbu holat kecha, 10 iyul kuni yuz bergani qayd etilgan.
Tuman hokimligi voqeaga rasmiy izoh berib, hech bir hokimlik xodimi soliq idorasi inspektorini pichoqlamagani hamda tan jarohati yetkazmaganini ma’lum qilgan.
Aniqlanishicha, Koson tumani soliq inspeksiyasi xodimi Z.J. va u bilan tanish fuqarolar o‘rtasida oilaviy mojaro sabab nizo kelib chiqqan. Ushbu janjal vaqtida soliq xodimi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda xodim tuman tibbiyot birlashmasida davo muolajalarini olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahrida ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha inspektor xizmat vaqtida pichoqlangandi.
LiveBarchasi