Koson tumani hokimi Turkiyada dam olayotgani rostmi? Hokimlik “tilga kirdi”

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Koson tumani hokimi Turkiya davlatida dam olayotganiga doir xabar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tuman hokimi Asrol Boyqorayev bu davlatga dam olish uchun emas, sog‘ligini tiklash uchun ketgan.

Qayd etilishicha, Koson tumani hokimini Turkiyada davolanishda ekani hokimlarning 1-10 yanvar kunlari qisqa davolanish ta’tili chiqishiga aloqasi yo‘q.

Tuman hokimi sog‘ligidagi muammosi sababli shifokorlar tavsiyasi bilan sog‘ligini tiklash maqsadida Turkiyaga ketgan. Ma’lum qilinishicha, tez orada hokim sog‘ligini tiklab yana o‘z ishiga qaytadi.

“Tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan, yolg‘on xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Rasmiy axborotda uning Turkiyaning aynan qaysi shahrida qanday kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritilmagan. Qiziq, hokimning dardiga O‘zbekistonda da’vo topilmaganmi? 

Ma’lumot o‘rnida, Asrol Boyqorayev 2020 yil “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Koson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing