Kosmosda ilk bor qalampir yetishtiriladi 

Texnologiya

image

Kosmosda tajriba sifatida ilk bor qalampir yetishtiriladi. Bu haqda amerikalik astronavt Megan MakArtur ma’lum qildi.  

“Plant Habitat-04 eksperimenti boshlandi! Biz kosmosda birinchi marta qalampir o‘stirmoqdamiz — bu uning uzoq vaqtda unib chiqishi va o‘sishi tufayli qiyin ish. Ammo qalampir C vitamini va ziravorlarning ajoyib manbai!”, deb yozgan astronavt Twitter’dagi sahifasida. 

Rossiyalik olimlar Xalqaro kosmik stansiyada shirin qalampir yetishtirishni ham rejalashtirgan, ammo “Lada-2” issiqxonasi 2016 yil dekabrida “Progress MS-04” yuk tashish vositasining favqulodda ishga tushirilishi tufayli yo‘qolgan. 

O‘tgan yilning may oyida Rossiya Fanlar akademiyasining Biotibbiy muammolar instituti direktori o‘rinbosari Vladimir Sichyov institut “Energiya” raketa-kosmik korporatsiyasi bilan birgalikda stansiya uchun yangi rus issiqxonasining ko‘rinishi ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan. 

Ta’kidlanishicha, hozirda Xalqaro kosmik stansiyada 65-ekspeditsiya a’zolari: ruslar Oleg Novitskiy va Pyotr Dubrov, amerikaliklar Mark Vande Xay, Sheyn Kimbrou va Megan MakArtur, yaponiyalik Akixiko Xoshide (stansiya komandiri) va fransuz Tom Peska ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qalampir kosmos

Baholaganlar

86

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing