Kosmonavtlar qancha maosh oladi?

Bu qiziq

image

Rossiyalik kosmonavtlar olti oylik orbital ekspeditsiya davomida taxminan 5,5 million rubl daromad oladi. Bu haqda mutaxassislarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Kosmonavt Sergey Ryazanskiyning aytishicha, parvoz vaqtida uning daromadi kuniga taxminan 400 dollarni tashkil etgan. Standart olti oylik missiya davomida bu summa 72 ming dollarga yetadi.

Gap bevosita kosmosda bo‘lib turgan davr uchun to‘lanadigan mablag‘lar haqida bormoqda. Bu pullar maxsus sharoitlarda ishlaganlik uchun ustamalar ko‘rinishida hisoblanadi va asosiy maoshdan tashqari to‘lanadi.

Rossiyalik kosmonavtlarning asosiy ish haqi belgilangan oylikdan shakllanadi. Ochiq manbalarga ko‘ra, birinchi parvozdan keyin bu summa mukofot va kompensatsiyalarni hisobga olmaganda oyiga taxminan 130–140 ming rublni tashkil etadi.

Shu tariqa, uzoq muddatli ekspeditsiyalar davomida olinadigan daromadning asosiy qismi aynan orbitada ishlash davriga to‘g‘ri keladi.

Taqqoslash uchun, NASA astronavtlari boshqacha tizim asosida maosh oladi. Ular AQSH federal davlat xizmatchilari hisoblanadi va parvoz vaqtida ham hech qanday maxsus “kosmik” ustamalarsiz odatdagi ish haqini olishda davom etadi. Mehnat staji, lavozimi va federal maosh shkalasidagi darajasiga qarab NASA astronavtlarining yillik daromadi taxminan 100 ming dollardan 160 ming dollargacha bo‘ladi.

Qo‘shimcha ravishda NASA astronavtlariga faqat ramziy kunlik to‘lovlar beriladi — kuniga taxminan 5 dollar.

Olti oylik missiya davomida bu summa qariyb 1 ming dollarni tashkil etadi.

Shunday qilib, AQSHda astronavtlarning parvoz paytidagi daromadi deyarli yerda oladigan maoshidan farq qilmagan holda qolsa, Rossiyada kosmonavtlarning ekspeditsiya davridagi daromadining sezilarli qismi aynan kunlik to‘lovlar va kosmosda bo‘lgani uchun beriladigan maxsus ustamalar hisobiga shakllanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh Kosmonavtlar daromad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing