Koronavirusning yangi 3 ta alomati aniqlandi

Salomatlik

image
Toshkent viloyatida bir odam 52 kishiga koronavirus yuqtirgan – Alisher Shodmonov north_east

Toshkent viloyatida bir odam 52 kishiga koronavirus yuqtirgan – Alisher Shodmonov

Shu kungacha isitma, quruq yo‘tal va holsizlik koronavirusning alomatlari sifatida ko‘rilar edi. Biroq olimlar COVID-19 kasalligining yana uchta alomati haqida ma’lum qilishdi.

Tadqiqot natijalari kasallikning alomatlaridan biri bosh og‘rig‘i ekanligini ko‘rsatdi. Uxanda yangi virus tarqalishi boshlanganida, bemorlarning 8 foizi kasallikning dastlabki kunlarida bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan.

Bundan tashqari, kasallangan bemorlar bosh aylanishi haqida ham xabar berishgan. AQSHda joylashgan Klivlend klinikasida koronavirus yuqtirganlar tez-tez yoki juda keskin ravishda bosh aylanishidan shikoyat qilgan.

Britaniya Rinologik jamiyati olimlari ta’kidlashicha, koronavirus kasalligining yana bir alomati bu hid bilish qobiliyatining yo‘qolishidir. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Janubiy Koreya, Xitoy va Italiyada COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning katta qismi hid bilish qobiliyatini yo‘qotganliklari to‘g‘risida aniq dalillar mavjud. Bundan tashqari, Germaniyada koronavirus bilan kasallangan odamlarning uchdan ikki qismi hidlarni yaxshi sezmaslik haqida xabar berishgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar 1 275 856 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 69 514 nafari vafot etgan, 264 048 nafari esa sog‘aygan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Alomatlar Tadqiqot

Baholaganlar

1902

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing