Koronavirusning navbatdagi “o‘ljasi” -  Monako va Islandiya

Olam

image

Kecha, 28 fevral kuni Monakoda koronavirus infeksiyasining birinchi holati qayd etildi. Bu haqida “Monaco Matin” gazetasi yozmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kasallangan bemor 50 yoshda. Uni Fransiyaning Nitssa shahridagi Arshe shifoxonasiga eltishgan va o‘sha yerda karantinga olishgan. Xabar berilishicha, uning holati “tashvish keltirib chiqarmaydi”.

Qo‘shni Fransiya davlatida COVID-19 koronavirusi bilan chalinganlar soni 38 nafardan 57 nafarga ko‘paydi. Avvalroq, mamlakat koronavirusni butunlay yengani haqida xabar berilgan edi. Ammo so‘nggi haftalarda kasallanish holati yana paydo bo‘ldi.

Shuningdek, Islandiyada ham COVID-19 koronavirusiga chalinish holati ilk bor kuzatildi. 50 yashar mahalliy fuqaro virus bilan kasallangani aniqlangan va u shifoxonaga yotqizilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bemor o‘zini yaxshi his etmayapti, ammo bu tashvish keltirib chiqarmaydi. Hukumat orol aholisi uchun eslatma e’lon qildi. Unda kasallik xavfini qanday kamaytirish va bezovta qiluvchi alomatlar kuzatilsa, nima qilish zarurligi aytib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Monako Islandiya

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing